O`zim haqimda

To’liq ismim Doniyor Xasanov. 2002-yil 4-yanvar kuni jonajon O’zbekistonimning poytaxti bo’lmish Toshkent shahrida tavallud topganman. Yoshligimda harbiy maktabda o`qiganligim uchun blogimni nomini ham Khasanov deb nomlaganman. Sababi bizni familiya bilan chaqirishar edi.

2021-yil Polshaning Akademia WSB universitetiga qabul qilinib, bakalavrni davom ettirish uchun Polsha poytaxti Varshavga jo`nab ketdim. 2025-yil Mart oyida universitetni tamomladim va hozirda Polshaga kelmoqchi bo`lgan talabalarga Instagram sahifam orqalik, foydali malumotlar ulashib boraman!

Polshaga kelishim bilan hamma singari, turli xil qiynchiliklar duch keldim, orada shunday vaziyatlar ham bolganki, O`zbekistonga qaytib ham ketmoqchi bolganman. Lekin qiynchiliklarni yengishga qaror qildim. Instagram sahifam orqalik juda kop tanishlar orttirdim va ozimning kichik oilamga ega bo`ldim! 

Agar siz ham Polsha haqida koproq malumotga ega bo`lishni xohlasangiz, Meni Instagram sahifamdan kuzatib borishingiz mumkin!

img 4912