Bugun sizlarga Polshada o‘qishni orzu qiladiganlar uchun eng mashhur dasturlardan biri — NAWA (Polish National Agency for Academic Exchange) stipendiyasi haqida qisqacha so‘zlab bermoqchiman.
NAWA — bu Polsha hukumati tomonidan xorijiy talabalar uchun taqdim etiladigan to‘liq grant dasturi bo‘lib, u bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qish imkonini beradi. Dastur talabalarga o‘qish to‘lovi, yotoqxona, sug‘urta va oylik stipendiya bilan yordam beradi. Eng asosiysi, siz o‘qish davomida Polshada yashab, yangi madaniyatni o‘rganish va xalqaro do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Men o‘zim Polshada 4 yildan beri yashayman va NAWA orqali kelgan talabalar bilan tez-tez uchrashaman. Ularning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu dastur nafaqat ta’lim, balki kelajakdagi karyerangiz uchun ham ajoyib start nuqtasi.

